Foto: Janubiy Ustyurtdagi noyob qushlar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻi ilmiy xodimlari tomonidan qushlar tasvirga olindi.
“Janubiy Ustyurt"da 100 turdan ortiq qushlar uchraydi. Oʻzbekistonda esa jami 487 turdagi qushlar mavjud. Ulardan 52 turi Qizil kitobga kiritilgan. Xususiyatiga koʻra, qushlarning 86 turi oʻtroq, 122 turi uyalovchi, uchib oʻtuvchi, 63 turi faqat uchib oʻtuvchi, 80 turi uchib oʻtuvchi, qishlovchi, 16 turi qishlovchi, 54 turi uyalovchi, uchib oʻtuvchi va qishlovchi, 55 turi tasodifan uchib keluvchi (kamdan-kam holda uchrovchi) qushlar hisoblanadi.
Oʻzbekiston hududida uchrovchi qushlarning 320 turi (67.2%) migratsiyada ishtirok etadi.
Foto
Zaryanka (Erithacus Rubecula)
Qizilquyruq (Phoenicurus)
Misr qarqarasi (Bubulcus Ibis)
Botqoq boyqushi (Asio Flammeus)
Kanyuk, sariq sor (Butteo Rufinus)
Qoratomoq toshsirchumchuq (Oenanthe Pleschanka)
Suratlar muallifi: ornitolog Sultan Tleumuratov