Toshkentda 3-sonli avtobus yo‘nalishi uzaytirildi

E’lon qilingan sana· 368
Toshkentda 3-sonli avtobus yo‘nalishi uzaytirildi

Toshkentda 16-martdan boshlab 3-sonli (“Oʻnqoʻrgʻon qoʻrgʻoni — Navroʻz bozori”) avtobus yoʻnalishining harakati uzaytirildi, deb xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, endilikda 3-sonli avtobus “Oʻnqoʻrgʻon qoʻrgʻoni” bekatidan Usta Boboyev, Guliston, Chimkent yoʻli, A.Temur koʻchalari orqali “Yunusobod dehqon bozori” bekatigacha boradi.

Shuningdek, shu munosabat bilan uning nomi 3-sonli “Navroʻz bozori — Yunusobod dehqon bozori” avtobus yoʻnalishi deb o‘zgartiriladi.

3-sonli avtobus yoʻnalishining jadvallari soni: Ish kunlariga 8(+3)ta, shanba kuniga 7(+3)ta va yakshanba kuniga 7(+4)ta, ish tartibi esa: ish kuni 05:30dan 22:31gacha, shanba va yakshanba kuni 06:00dan 21:52 gacha etib belgilandi.