Toshkent hayvonot bogʻi bir kunga yopildi

E’lon qilingan sana· 172
Toshkent hayvonot bogʻi bir kunga yopildi

Bugun, 14-mart kuni kutilmagan ob-havo sharoiti tufayli Toshkent hayvonot bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun yopiq, deb xabar bermoqda bog' ma’muriyati axborot xizmati.

“Siz duch kelishingiz mumkin boʻlgan har qanday noqulaylik uchun uzr soʻraymiz va tashrif buyuruvchilarimiz, hamda hayvonlarimizning xavfsizligi, qulayligi bizning ustuvor vazifamiz ekanligini ta’kidlab oʻtmoqchimiz”, — deyiladi xabarda.

Ertadan hayvonot bog‘i yana qayta ishga tushirilishi ma’lum qilindi.