“Uzbekistan Airways” ba'zi aviareyslarga 20 foizlik chegirma e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 567
“Uzbekistan Airways” ba'zi aviareyslarga 20 foizlik chegirma e'lon qildi

“Uzbekiston Airways” kompaniyasi “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida e’lon qilingan jadval tugaguniga qadar quyidagi aviaqatnovlar uchun tariflarga 20 foiz chegirma taqdim etmoqda:

  • Toshkentdan Mumbayga va ortga;
  • Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch, Farg‘onadan Istanbulga va ortga;
  • Farg‘onadan Ufa va ortga.

Chegirma faqat bir kun, 14-mart kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi.