Iftorlik 2024: Toshkent restoranlari va kafelaridan qiziqarli takliflar

E’lon qilingan sana· 2 239
Iftorlik 2024: Toshkent restoranlari va kafelaridan qiziqarli takliflar

Ramazon oyida koʻplab restoran va kafelar maxsus menyular yoki toʻplamlarni taklif qiladi. Albatta, ramazon oyidagi birinchi iftorlikni oila davrasida qilgan yaxshi. Lekin sizda bunga imkon boʻlmasa, Afisha.uz poytaxtda iftorlikka borish mumkin boʻlgan joylar toʻplamini taklif etadi.

Broccoli Park

Broccoli Park uchta turdagi iftorlik toʻplamini taklif qiladi:

  • oʻzbekcha iftor-set: shoʻrva, mol goʻshtidan sach, bahoriy salat, suv, holva, xurmo, non;
  • turkcha iftor-set: yasmiq shoʻrva, adana kabob, chaban salati, suv, holva, xurmo, non;
  • slavyancha iftor-set: borsh, mol goʻshtidan kotlet va pyure, olivye, suv, xurmo, mini patir, qaymoq.

Telefon orqali joy band qilish: (+998) 95−501−1010, (+998) 95−602−1010.

Bon!

Bon kafesi ikkita turdagi iftorlik toʻplamini taklif qiladi:

  • mol goʻshtidan iftor-set: tovuqli shoʻrva, mol goʻshtidan burginyon, qaymoqli kruassan, suv, xurmo;
  • tovuq goʻshtidan iftor-set: yasmiq shoʻrva, tovuqli frikase, qaymoqli kruassan, suv, xurmo.

Telefon orqali joy band qilish: (+998) 71−252−5694.

City 21

Iftorlik uchun 5 ta taomdan iborat maxsus set tayyorlangan. Menyu har kuni almashadi va unda 4 xil turdagi mezze, gazaklar, quritilgan mevalar, xurmo, zaytun, issiq gazaklar, salat, sho‘rva, asosiy taom, shirinlik va mevalar kiradi.

Telefon orqali joy band qilish: (+998) 71−210−8906.

CakeLab

“CakeLab” kafesi iftorlikka taklif etadi. Mehmonlarni oʻzgacha mehr bilan tayyorlangan taomlar kutmoqda.

Telefon: (+998) 71−203−3388

Evos

Evos fast-food restorani iftorlik uchun tovuq va mol goʻshti solingan iftar-kofte va iftar-strips setlarini taklif etadi.

Telefon: (+998) 71−203−1212.

Feed Up

Feed Up taklif etadigan iftorlik toʻplami tarkibidan 4 dona xurmo, suv, bahoriy salat, mazali guruch, bbq sousli tovuq va Coca Cola oʻrin olgan.

Telefon: (+998) 71−200−2211.

GŌSHT

Goʻsht restorani iftorlik uchun alohida menyu taklif etadi. Undan salatlar, gazaklar va har xil turdagi shoʻrvalar oʻrin olgan. Bundan tashqari xurmo, patir, qaymoq va suvdan iborat iftor seti ham bor.

Telefon: (+998) 97−130−8800.

Sultan Suleyman

Sultan Suleyman restorani iftorlikka taklif etadi. Mehmonlarni quritilgan mevalar, nisholda, non va suvdan iborat maxsus, bepul iftorlik toʻplamlari kutmoqda.

Joy band qilish uchun telefon: (+998) 90−902−8000, (+998) 71−266−5040.

Yaponamama

Ramazon oyi munosabati bilan panosiyo oshxonasi Yaponamama 6−8 kishiga moʻljallangan iftorlik setini taklif etmoqda.

Telefon: (+998) 71−200−8989.

Wendy`s

Wendy`s fastfood restorani saharlik va iftorlik uchun maxsus setlarni taklif qiladi. Bundan tashqari maxsus Ramazon setlar xurmo va suvni ham oʻz ichiga oladi.

Telefon: (+998) 99−519−0111.

“Шеф Burger”

“Шеф Burger” Ramazon oyida iftorlikka taklif qiladi. Setda “Daxshat Chika” burgeri, tanlovga koʻra Ice tea yoki issiq choy, tanlovga koʻra snek: fri kartoshkasi, choʻponcha kartoshka yoki krisperslar, koul slou salat bor.

Telefon: (+998) 78−150−1222.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov