Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 144
Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, 21, 22, 23, 24, 25-mart kunlari 775/776-sonli Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • Samarqanddan jo‘nab ketish 11:11 — Toshkentga yetib borish 13:26;
  • Toshkentdan jo‘nab ketish 13:51 — Samarqandga yetib borish 16:05.

Shuningdek, 20,21-mart kunlari 762/761-sonli Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida ham “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish 06:59 — Qarshiga yetib borish 10:33;
  • Qarshidan jo‘nab ketish 16:44 — Toshkentga yetib borish 20:20.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalaridan tashqari elektron tarzda ham eticket.railway.uz saytida xarid qilish mumkin.