Coca-Cola: ayollar imkoniyatga ega bo‘lgan joyda ular koʻp narsaga erisha oladilar
Kompaniya Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi va sogʻlom va farovon jamiyat yaratishda ayollarning muhim rolini yana bir bor eslatadi.
Xalqaro xotin-qizlar kunida Coca-Cola o‘z huquqlari va imkoniyatlariga ishongan, shuningdek o‘zini taʼminlay oladigan ayol jamiyatning sog‘lom rivojlanishi garovi ekanini eslatib o‘tmoqchi. Ayollar o‘z daromadining katta qismini farzandlari salomatligi va taʼlim olishiga sarflaydi, bu esa o‘z navbatida nafaqat ayni vaqtda, balki bir necha yil keyingi iqtisodiyot rivoji demakdir. Aynan shuning uchun ham ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kasbiy rivojlanishi kompaniya uchun nafaqat global, O‘zbekiston kesimida ham ustuvor vazifa sanaladi.
Coca-Cola kompaniyasining ichki va tashqi kun tartibi BMTning bu yilgi Xalqaro xotin-qizlar kuni uchun eʼlon qilgan shiori bilan hamohang jaranglaydi — “Ayollarga sarmoya: jarayonning tezlashuvi demak”.
Kompaniya ayollarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishga erishishiga imkon beruvchi inklyuziv muhit yaratishga qaratilgan harakatlarini saqlab qoladi. Coca-Cola kompaniyasi 2030 yilgacha global top-menejerlarning 50 foyizi ayollardan iborat bo‘lishi masʼuliyatini bo‘yiniga olgan. Bugungi kunda O‘zbekistondagi Coca-Cola tizimida bu maqsadga deyarli erishilgan: top-menejmentdagi xodimlarning 43 foyizini ayollar tashkil qiladi.
Coca-Cola kompaniyasi uchun shuningdek, xomashyo yetkazib berishdan tortib umumiy ovqatlanish muassasalari va do‘konlargacha butun ishlab chiqarish tizimidagi gender tengligi masalasini yechishda ko‘maklashish ham muhimdir. Ko‘p hollarda ayollar jamiyatdagi stereotiplar tufayli “erkaklarniki” deb qaraladigan kasblarni tanlamaydi. Stereotiplarni o‘zgartirish uchun imkoniyat berishning o‘zi kamlik qiladi, buning uchun jamiyatdagi shakllangan qarashlarni ham o‘zgartirish lozim. Barchasi oddiy qo‘llab-quvvatlash va ilhomlantirishdan boshlanadi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Coca-Cola tizimida ishlovchilar o‘z ilhomlari va kasbiy yutuqlari bilan bo‘lishdi hamda o‘z muvaffaqiyatlari bilan boshqalarni ilhomlantirib, O‘zbekiston rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan turli sohalardagi ayol ekspertlar bilan muloqot qilishdi. Bu O‘zbekiston rivojiga to‘sqinlik qilayotgan, jamiyat va ayollarda shakllangan stereotiplarni o‘zgartirishga xizmat qiluvchi kichik hissa bo‘lishi mumkin. Mazkur qadam O‘zbekiston ayollariga ularning ilhomlantiruvchi namunalari uchun minnatdorlik bildirishning ajoyib imkoniyati bo‘ldi. Coca-Cola chelenji ishtirokchilariga sovg‘a sifatida O‘zbekistondagi mashhur LALI brendi va Coca-Cola O‘zbekiston hamkorligidagi qizil sumka tanlandi. U ayol o‘z ilhomi va yaqinlarining qo‘llab-quvvatlashi bilan istagan narsasiga erisha olishi timsolidir. 8 mart kun davomida ayollar uchun tabriklar Coca-Cola O‘zbekiston korporativ sahifasiga joylanib boradi.
O‘zbekistondagi Coca-Cola nafaqat tizim ichidagi ayollarni faol qo‘llab-quvvatlaydi, balki mamlakatdagi ayollar tadbirkorligi rivojiga ham hissa qo‘shib keladi. “Coozin” loyihasi bunga yorqin misoldir. Loyiha Coca-Cola Fondi moliyaviy ko‘magida YEXHT, IT-Park va Ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Uning sharofati bilan O‘zbekiston ayollari o‘z xobbilarini daromad manbayiga aylantirib, uy pishiriqlarini maxsus ishlab chiqilgan raqamli platforma orqali sotishi mumkin. Loyiha shuningdek, Tojikistonda ham yo‘lga qo‘yildi.
2024 yil coozin.edu onlayn taʼlim platformasi o‘zbek, rus va tojik tillarida ish boshladi. Platformada tadbirkorlik, moliyaviy savodxonlik, SMM, pazandalik bo‘yicha mahorat darslari va boshqa treninglar o‘rin olgan. Tashabbusning ajralmas qismi mentorlar tarmog‘i bo‘lib, unda tajribali tadbirkorlar o‘z bilimlarini biznesni endi boshlayotganlarga ulashadi. Ayollar avlodlarining bunday o‘zaro munosabati unikal aloqa maydonini yaratadi. Bu kelajakka sarmoya bo‘lib, har bir ayol o‘zining ijtimoiy mavqedan qatʼiy nazar kasbiy rivojlanish uchun teng imkoniyatga egaligini taʼminlaydi.
“Coca-Cola faqat shu loyihalarni rivojlantirish bilan to‘xtab qolmaydi. Kompaniya gender tengligi muammolari haqida ogohlikni oshirishga qaratilgan jamoat tadbirlarida faol ishtirok etadi. Uning vakillari konferensiyalar, forumlar va o‘quv dasturlarida qatnashib, o‘z tajribasi va g‘oyalari bilan bo‘lishadi.
Xulosa o‘rnida shuni taʼkidlab o‘tmoqchimanki, Coca-Cola‘ning har bir qultumi — bu nafaqat taʼm zavqi, balki dunyoni yaxshiroq qilishga urinayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularga hurmat bildirishga qo‘shilgan hissadir. Coca-Cola tomonidan qoʻllab-quvvatlangan har bir ayolning muvaffaqiyat tarixi dunyodagi teng huquqlar harakatining bir qismiga aylanadi", — deydi Coca-Cola kompaniyasining kommunikatsiyalar, jamoatchilik bilan aloqalar va barqaror rivojlanish bo‘yicha hududiy direktori Nazi Aripdjanova.
Reklama huquqlari asosida.