Bayram yomg‘irsiz o‘tadi, oxirgi dam olish kunida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin
7−8-mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida 7−8-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9−11-martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 9 martda 12−15 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechalari 5−10 daraja iliq, kunduz kunlari 13−18 gradus iliq bo‘ladi.
7-mart kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-mart kuni hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va kunning ikkinchi yarmida Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, 9−11-mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat foni ancha yuqori bo‘lishi saqlanib turadi, kechalari 5−10o iliq, kunduz kunlari 13−18o iliq bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 8−9 martda ba’zi joylarda 15−18 m/s gacha kuchayadi, 9 martda ba’zida 22−24 m/s gacha kuchayishi mumkin.