Toshkent metropolitenining ikkita yangi bekati 11-martdan ish boshlaydi

E’lon qilingan sana· 278
Toshkent metropolitenining ikkita yangi bekati 11-martdan ish boshlaydi

Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘linig II bosqichi doirasidagi Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlarida belgilangan texnik sinov ishlari yakuniga yetdi, deya xabar bermoqda korxona matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, ushbu bekatlar joriy yilning 11-mart sanasidan boshlab ertalabdan odatiy reja asosida yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Bundan tashqari, metro vagon parklariga so‘nggi vaqtlarda 24 ta metro vagoni olib kelingan bo‘lsa, 7-mart kuni yana 12 ta metro vagoni Toshkent shahriga kirib keldi. Shuningdek, may oyi so‘ngiga qadar yana 20 ta zamonaviy metro vagonlari olib kelish ham rejalashtirilgan.