Hafta davomida havo harorati +18 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 74
Hafta davomida havo harorati +18 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonning barcha hududlarida 4−7 mart kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida 4−7 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8-mart kuni biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0−2 gradus sovuqdan 3−5 gradus iliqqacha, kunduzi 5−7 gradus iliqdan 15−17 gradus issiqqacha ko‘tariladi. 6−7 mart kunlari kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.

Respublikaning boshqa hududlarida esa 4-mart kuni kunduzi havo harorati 4−9 gradus iliq bo‘ladi, so‘ng hafta oxirigacha harorat 13−18 gradus issiqqacha ko‘tariladi. Harorat kechasi -2.+5 gradusda 2−5 gradus iliqqacha boʻladi.

Ta’kidlanishicha, shamol asosan sharqiy yo‘nalishda birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan tezlikda esadi, 8-mart kuni ba’zi joylarda 15−18 m/s gacha kuchayadi. 5−6 mart kunlari respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Ayrim togʻli hududlarda 6−7 mart kunlari, tog‘li hududlarning katta qismida esa 8-mart kuni yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shuningdek, qor ko‘chishi xavfi bor.