O‘zbekistonliklar mart oyida 13 kun dam oladi

E’lon qilingan sana· 3 278
O‘zbekistonliklar mart oyida 13 kun dam oladi

Prezidentning “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, mart oyida besh kunlik ish haftasida ishlovchilar barcha bayramlar, shanba va yakshanba kunlarni qo‘shib hisoblaganda, umumiy 13 kun dam olishi belgilandi.

Navro‘z bayramida O‘zbekiston fuqarolari ketma-ket to‘rt kun — 21-martdan 24-martgacha, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan esa besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 8-martdan boshlab ketma-ket uch kun dam oladi — 10-martgacha.