2023-yilda O‘zbekistonga 6,5 milliondan ziyod sayyoh tashrif buyurgan
E’lon qilingan sana: · 701
Statistika agentligining maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 6,6 million nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 million nafarga yoki 26,6 foizga oshgan.
Tashrif buyuruvchilarning eng ko‘pi tojikistonliklar. Kuchli uchlikda ham yana ikki qo‘shni mamlakat fuqarolari: Qirg‘iziston va Qozog‘iston.
Statistika davlatlar kesimida quyidagicha:
- Tojikiston — 2,1 mln nafar;
- Qirg‘iziston — 1,7 mln nafar;
- Qozog‘iston — 1,3 mln nafar;
- Rossiya — 714,3 ming nafar;
- Turkiya — 106,5 ming nafar;
- Turkmaniston — 100,3 ming nafar;
- Xitoy — 42,5 ming nafar
- Hindiston — 45,5 ming nafar;
- Janubiy Koreya — 37,1 ming nafar;
- Germaniya — 29,6 ming nafar;
- Italiya — 25,6 ming nafar;
- AQSH — 23 ming nafar;
- Fransiya — 18,6 ming nafar;
- Buyuk Britaniya — 16,2 ming nafar;
- Ispaniya — 15,2 ming nafar;
- Belarus — 15,1 ming nafar;
- Ozarbayjon — 14,7 ming nafar;
- Yaponiya — 12,4 ming nafar;