“LOT Polish Airlines” Toshkentdan Varshavaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yadi
E’lon qilingan sana: · 188
“LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi Polshadan O‘zbekistonga (va qarama-qarshi yo‘nalishda) muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.
Toshkent — Varshava — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga uch marta — dushanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi yo‘lovchi reysi 14-martga belgilangan.
Parvoz jadvali (mahalliy vaqt bilan):
- Varshavadan jo‘nab ketish — 22:55, Toshkentga kelish — 09:00 (keyingi kunga o‘tish bilan);
- Toshkentdan jo‘nab ketish — 10:20, Varshavaga kelish — 01:05 (keyingi kunga o‘tish bilan).
Spot.uz'ning yozishicha, xabar e’lon qilingan vaqtda bagajsiz bir tomonlama chipta narxi 2,85 mln so‘mdan, qaytish chiptasi esa 7,16 mln so‘mdan boshlanadi.