Toshkentda aholi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tarifi oshiriladi
Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi 2023−2024-yilgi isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar qildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2024-yil 8-fevraldagi 97-sessiyasida “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p qavatli turar-joy binolarida yashovchi aholi uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Aholiga issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun yangi chakana tarif 15 foiz o‘sib, 2019-yildan beri amalda bo‘lgan 91 960 so‘m/Gkal o‘rniga 105 754 so‘m/Gkalni tashkil etadi. Bunda narxlar quyidagicha o‘zgaradi:
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, yangi tariflar 2023−2024 kuz-qish mavsumi (isitish mavsumi) rasmiy yakunlangan kundan bir kun o‘tib kuchga kiradi. Yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun 2023-yil 2-dekabrdan kuchga kirgan tariflar o‘zgarishsiz qoldi.
Qayd etilishicha, o‘sish elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari, shuningdek, issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun sotib olingan issiqlik energiyasi narxlarining oshishi bilan bog‘liq.