O‘zbekistonda yana havo harorati pasayadi

E’lon qilingan sana· 104
O‘zbekistonda yana havo harorati pasayadi

O‘zgidromet agentligi rahbarining ma‘lum qilishicha, 16-fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17−19 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

16-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17−19-fevral kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi, unda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. 17−18-fevral kunlari esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi.

16−18-fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

18−19-fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari 3−8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0−3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimoliy hududlarda 17−19-fevral kunlari harorat kechalari 13−16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5−8 daraja sovuqqacha pasayadi.