Dam olish kunlari quruq va juda iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 88
Dam olish kunlari quruq va juda iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda Uzgidromet axborot xizmati.

Respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 9-fevralda ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi. Ma’lumotga koʻra, bunday harorat foni fevral oyi birinchi o‘n kunligi oxiri uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan +6…+8 darajagacha ko‘p bo‘ldi.

Respublikaning tog‘li hududlarida harorat ko‘tarilishi hisobiga qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +5…+8 daraja iliq, kunduz kunlari +17…+19 daraja iliq bo‘ladi.