“Humo” xokkey klubi o‘yinida yumshoq o‘yinchoqlar tashlash xayriya marosimi bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 901
“Humo” xokkey klubi o‘yinida yumshoq o‘yinchoqlar tashlash xayriya marosimi bo‘lib o‘tadi

“Humo” xokkey klubi 9-fevral kuni muntazam chempionatni yakunlovchi o‘yinda “Aktobe” jamoasiga qarshi muzga tushadi. Unda yumshoq o‘yinchoqlar tashlash xayriya marosimi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Yig‘ilgan barcha o‘yinchoqlar O‘zbekiston Respublikasi onkologiya va radiologiya markazi qoshidagi “ISHONCH” notijorat xayriya jamg‘armasi ko‘magida bemor va ehtiyojmand bolalarga sovg‘a qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, “Aktobe"ga qarshi uchrashuv 9-fevral kuni soat 19:30 da start oladi. Chiptalarni bu yerdan xarid qilishingiz mumkin.