O‘zbekistonda 1 porsiya oshning o‘rtacha narxlari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 1 070
O‘zbekistonda 1 porsiya oshning o‘rtacha narxlari e’lon qilindi

Statistika agentligi hududlardagi 1 porsiya palovning yanvar oyidagi o‘rtacha narxlarini e‘lon qildi.

Unga ko‘ra, eng qimmat osh poytaxtda — 29 500 so‘m, eng arzoni esa Farg‘ona viloyatida — 21 500 so‘m. 2024-yil yanvar oyida viloyatlarda palovning o‘rtacha narxi quyidagicha shakllangan:

  • Qoraqalpog‘iston R. — 23 600 so‘m;
  • Andijon viloyati — 24 400 so‘m;
  • Buxoro viloyati — 28 600 so‘m;
  • Jizzax viloyati -25 000 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 26 500 so‘m;
  • Navoiy viloyati — 24 000 so‘m;
  • Namangan viloyati — 19 700 so‘m;
  • Samarqand viloyati — 27 000 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 25 600 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 22 800 so‘m;
  • Toshkent viloyati — 24 500 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 21 500 so‘m;
  • Xorazm viloyati — 27 200 so‘m;
  • Toshkent shahri — 29 500 so‘m.

Ma‘lumot uchun, Mazkur statistika shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari) dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling