Fevral oyida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
O‘zgidromet ma‘lumotlariga ko‘ra, fevral oyi odatdagidan biroz iliqroq bo‘ladi. O‘rtacha oylik havo harorati meʼyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda, baʼzi joylarda meʼyordan 1−1,5 darajaga yuqori bo‘lib, 2−4 daraja iliqni, shimolda 2 daraja sovuq—1 daraja iliqni, janubda 6−8 daraja iliqni tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, fevral oyining boshi nisbatan sovuq bo‘ladi. Birinchi besh kunlikda havo harorati asosan kechalari 0−5 daraja sovuq, kunduz kunlari 2−7 gradus sovuq, baʼzi joylarda 0−2 daraja sovuqqacha bo‘ladi.
1-fevral va 4-fevral kunlari respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 3 fevralda janubiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi.
Ikkinchi besh kunlikda harorat kechalari 0−5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8 13 gradus iliqqacha ko‘tariladi. 7−8-fevral kunlari asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, harorat kechasi 2−7 daraja iliqdan 2−7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13−18 daraja iliqdan 2−7 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0−5 daraja iliqdan 7−12 gradus sovuqqacha, kunduz kunlari 11−16 daraja iliqdan 0−5 gradus iliqqacha o‘zgarib turadi.
Fevral oyida yog‘ingarchilik miqdori meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.