“Adamas” zargarlik buyumlari tarmog‘i O‘zbekistonga kirishni rejalashtirmoqda

E’lon qilingan sana· 118
“Adamas” zargarlik buyumlari tarmog‘i O‘zbekistonga kirishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning “Adamas” zargarlik buyumlari tarmog‘i 2024-yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Ozarbayjon bozoriga kirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Kommersant”.

Ta’kidlanishicha, yil oxirigacha mazkur mamlakatlarda kamida 20ta do‘kon ochish rejalashtirilgan. “HeadHunter” portalidagi kompaniyaning bo‘sh ish o‘rinlariga ko‘ra, “Adamas” Samarqandda o‘z punktini ochish uchun direktor va liniya xodimlarini qidirmoqda.

“Infoline-Analytics” bosh direktori Mixail Burmistrov O‘zbekiston bozorini Markaziy Osiyodagi eng istiqbolli bozor, deb hisoblaydi. Xususan, aholisi tez o‘sib borayotgan, yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari yuqori, chakana sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat darajasi past va yoshlar ulushi yuqori bo‘lgan mamlakat ekanligi qayd etilgan.