"Red Wings" Namangan va Qozon oʻrtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda
E’lon qilingan sana: · 210
Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi Qozon — Namangan — Qozon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda, deb xabar berdi Uzbekistan Airports axborot xizmati.
Shaharlar oʻrtasidagi aviaqatnovlar 2024-yilning 12-fevralidan boshlanishi va 2024-yilning 25-martigacha davom etishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari SU95 rusumidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Red Wings aviakompaniyasi Oʻzbekistonga 12 ta yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshiradi:
- Maxachkala — Buxoro — Maxachkala (chorshanba va juma kunlari);
- Maxachkala — Namangan — Maxachkala (chorshanba va shanba kunlari);
- Maxachkala — Urganch — Maxachkala (shanba kunlari);
- Maxachkala — Toshkent — Maxachkala (dushanba, juma va yakshanba kunlari);
- Samara — Toshkent — Samara (seshanba kunlari);
- Samara — Urganch — Samara (payshanba kunlari);
- Moskva — Buxoro — Moskva (dushanba va juma kunlari);
- Yekaterinburg — Samarqand — Yekaterinburg (shanba kunlari);
- Yekaterinburg — Buxoro — Yekaterinburg (chorshanba va payshanba kunlari);
- Yekaterinburg — Toshkent — Yekaterinburg (seshanba va juma kunlari);
- Qozon — Samarqand — Qozon (dushanba kunlari);
- Qozon — Toshkent — Qozon (payshanba kunlari).
“Red Wings” — Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi boʻlib, muntazam va charter reyslarni amalga oshiradi.