“Some destroyers acting like a givers”: xonanda Laylo ekologiya haqida "Home” (“Vatan”) qo‘shig‘ini kuyladi

E’lon qilingan sana· 302
“Some destroyers acting like a givers”: xonanda Laylo ekologiya haqida "Home” (“Vatan”) qo‘shig‘ini kuyladi

Yosh xonanda va qo‘shiqlar muallifi Laylo O‘zbekistondagi ekologik vaziyatga bag‘ishlangan “Home” (“Vatan”) trekini taqdim etdi. Unda mamlakatdagi keskin yomonlashayotgan havo sifati haqida so‘z boradi.

Laylo trekni ingliz tilida kuylagan, YouTube’ga o‘zbekcha, inglizcha, qoraqalpoqcha va ruscha subtitrlar bilan joylangan. Qo‘shiq matnidagi ayrim e‘tiborga molik joylar quyidagicha:

“Xatto suvning ham bahosi bor, ba’zi bir buzg‘unchilar go‘yoki mehribonlar”;

“Afsuski, ular befarq, chunki ularning qizlari o‘zga yurtda nafas oladi”;

“Imkoni bo‘lsa agar, osmonni ham pullashar”.

“Qo‘shiq mening ona shahrimda insonning halokatli, iste’molchi tabiati oqibatida sodir boʻlayotgan tabiiy ofatlarga bag‘ishlangan. Qayerga bormang, faqatgina bitta Vataningiz bor va unga yaxshiroq munosabatda bo‘lishingiz kerakligini eslatish uchun ushbu qo‘shiq va videoni tayyorladim”, deb yozadi Laylo.

22-yanvar kuni YouTube va boshqa musiqiy striming platformalarga joylangan qo‘shiq 1 kunda YouTube’ning o‘zida 5 mingdan ortiq ko‘rilgan.