Toshkent hayvonot bog‘i kassalarining ish vaqti o‘zgardi

E’lon qilingan sana· 492
Toshkent hayvonot bog‘i kassalarining ish vaqti o‘zgardi

Toshkent hayvonot bogʻining ish vaqtida o‘zgarish sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda tashkilot axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 22-yanvardan boshlab Toshkent hayvonot bog‘i kassalari soat 8:00 dan 17:30 gacha ishlaydi. Hayvonot bog‘ining o‘zi esa hafta davomida 8:00 dan 19:00 gacha ekskursiyalar uchun ochiq bo‘ladi.

“O‘zingizga qulay boʻlgan vaqtda keling va siz bilan uchrashuvni kutayotgan butun dunyodan kelgan istiqomat qiluvchilarimiz bilan tanishing”, deyiladi hayvonot bog‘i xabarida.