Hafta boshida havo iliq boʻladi
O‘zgidromet`ning xabar berishicha, dushanba kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududidan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +9…+12 daraja iliqqacha isiydi.
Poytaxtda dushanbada quyoshli va ochiq havo bo‘lishi kuzatiladi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi +10…+12 daraja iliqni tashkil etadi.
23−24-yanvar kunlari poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi 3−8 m/s bo‘ladi. Havo harorati 23-yanvarda kechasi 0…+2 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 24-yanvarda kechasi +3…+5 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 23−24-yanvarda harorat +12…+14 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
25-yanvarda poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5…+7 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi +7…+9 daraja iliqqacha pasayadi.