Centrum Air Toshkent—Tbilisi—Toshkent yo‘nalishida aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yadi
E’lon qilingan sana: · 136
“Centrum Air” xususiy aviakompaniyasi 2024-yilning aprel oyidan boshlab Toshkent va Tbilisi o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi.
Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar 1-apreldan boshlab har dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, Spot.uz'ning xabar berishicha, kompaniya 7-maydan Toshkentdan Batumiga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni, ularni haftasiga ikki marta, ya’ni seshanba va juma kunlari amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Tbilisiga aviachiptalar narxi 2,4 mln so‘mdan, Batumiga esa 2 mln 365 ming so‘mdan boshlanadi.