Hafta boshida qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zgidromet`ning xabar berishicha, dushanba kuni O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keldi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Poytaxtda 15-yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat -1 daraja sovuq…+1 daraja iliq bo‘ladi.
16-yanvarda vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi −1…−3 daraja sovuq, kunduzi +2…+4 daraja iliq bo‘ladi.
17−18-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorati 17-yanvarda kechasi −1…−3 daraja sovuq, kunduzi +6…+8 daraja iliq, 18-yanvarda kechasi -1 daraja sovuq…+1 daraja iliq, kunduzi +8…+10 daraja iliq bo‘ladi.