Video: bloger Toshkent teleminorasining eng yuqori qismiga chiqdi

E’lon qilingan sana· 1 706
Video: bloger Toshkent teleminorasining eng yuqori qismiga chiqdi

Instagram’dagi “raksmane” blogi muallifi Toshkent teleminorasining eng yuqori qismiga chiqqanining videosini ulashdi.

Video aynan qachon olingani ma’lum emas, ammo blogerning ta’kidlashicha, bu uning balandlik bo‘yicha shaxsiy rekordi hisoblanadi. Toshkent teleminorasining uzunligi 375 metrni tashkil qiladi. Bu Markaziy Osiyodagi ikkinchi eng baland inshoot hisoblanadi, dunyo teleminoralari ichida esa 12-o‘rinda turadi.

“Kirishda qo‘riqchilar barcha uskunalarimni olib qo‘yishdi (shunaqa deb o‘ylashdi). Birinchi 100 metrlik masofaga liftda chiqdim, keyingi yuz metrga esa zinalar orqali o‘z oyoqlarim bilan chiqdim. Qo‘riqchilar soni hayron qoldirdi”, deb yozadi u o‘z Instagram sahifasida.