ATTO va Mastercard bilan jamoat transportlarida yo‘l kira narxi 1000 so‘m bo‘ladi

E’lon qilingan sana· 1 633
ATTO va Mastercard bilan jamoat transportlarida yo‘l kira narxi 1000 so‘m bo‘ladi

“ATTO” va Mastercard 15-yanvardan boshlab aksiya e’lon qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 15-yanvar kunidan boshlab jamoat transportlarida to‘lov Mastercard kartasi orqali amalga oshirilganda yo‘l haqi 1000 so‘m bo‘ladi.

Aksiya Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Namangan, Xiva, Andijon, Qarshi, Urganch avtobuslarida, shuningdek Toshkent metropolitenida amal qiladi.

Aksiya Toshkent shahrida 15-yanvardan 15-fevralgacha amal qiladi. Boshqa shaharlarda — 15-yanvardan 15-aprelgacha.