Oʻzbekistonda doimiy aholi soni 37 millionga yaqinlashdi
E’lon qilingan sana: · 1 178
Statistika agentligi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholi soni 2024-yil 1-yanvar holatiga qariyb 36,8 million kishini tashkil etmoqda.
Agentlik har bir viloyat doimiy aholisi soni bo‘yicha ham ma’lumot keltirgan. Unga ko‘ra, eng aholi Samarqand viloyatida istiqomat qiladi — 4,2 million kishi. Toshkent shahrida esa 3 milliondan ziyod aholi yashaydi. Eng kam aholili viloyat esa Sirdaryo — 914 ming kishi. Aholi soni hududlar kesimida quyidagicha keltirilgan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 mln kishi;
- Andijon viloyati — 3,4 mln kishi;
- Buxoro viloyati — 2 mln kishi;
- Jizzax viloyati — 1,5 mln kishi;
- Qashqadaryo viloyati — 3,5 mln kishi;
- Navoiy viloyati — 1 mln kishi;
- Namangan viloyati — 3 mln kishi;
- Samarqand viloyati — 4,2 mln kishi;
- Surxondaryo viloyati — 2,8 mln kishi;
- Sirdaryo viloyati — 914 ming kishi;
- Toshkent viloyati — 3 mln kishi;
- Farg‘ona viloyati — 4 mln kishi;
- Xorazm viloyati — 1,9 mln kishi;
- Toshkent shahri — 3 mln kishi.