O‘zbekistonda poyezd chipta narxi yana oshadi

E’lon qilingan sana· 1 084
O‘zbekistonda poyezd chipta narxi yana oshadi

O‘zbekistonda 20-yanvardan boshlab mahalliy yo‘nalishdagi poyezd chiptalari narxi 20 foizga oshishi haqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 20-yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshadi.

Shunday qilib, “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi elektr poyezdlariga chiptalar narxi:

Toshkent — Buxoro — Toshkent

  • VIP 636 000 so‘m;
  • Biznes 462 000 so‘m;
  • Ekonom 336 000 so‘m;

Toshkent — Qarshi — Toshkent

  • VIP 534 000 so‘m;
  • Biznes 390 000 so‘m;
  • Ekonom 282 000 so‘m;

Toshkent — Samarqand — Toshkent

  • VIP 396 000 so‘m;
  • Biznes 276 000 so‘m;
  • Ekonom 204 000 so‘m etib belgilandi.

Ta’kidlanishicha, temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 20-oktyabrida mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar chiptalari narxi 50 foizga, “Afrosiyob” esa 100 foizga oshirilgandi.