Zominda 150 metr balandlikda piyodalar uchun osma ko‘prik ochildi

E’lon qilingan sana· 4 701
Zominda 150 metr balandlikda piyodalar uchun osma ko‘prik ochildi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida balandligi 150 metr bo‘lgan osma ko‘prik foydalanishga topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berib, ushbu ko‘prikning videosini ulashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘prikning uzunligi 305 metrni tashkil qiladi. U bir vaqtning o‘zida 600 kishini ko‘tara oladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur koʻprik Shveysariyaning “Fatzer AG” kompaniyasi uskunalari asosida barpo etilgan.

Video