Toshkentda qayerlarda konkida uchish mumkin?

E’lon qilingan sana· 3 053
Toshkentda qayerlarda konkida uchish mumkin?

Konkida uchish eng mashhur, qiziqarli, faol va romantik qishki mashg‘ulotlardan biridir. Afisha.uz bo‘sh vaqtingizni foydali va zavqli o‘tkazishingiz mumkin bo‘lgan Toshkentdagi konki maydonlari haqidagi ma’lumotlarni bir joyga to‘pladi.


Alpomish

Yopiq konki maydonchasi “Alpomish” muz saroyi ichida joylashgan. Konkida uchadigan maydonning yuzasi haqiqiy muz.

Narxi:

  • 30 daqiqa — 40 000 so‘m;
  • bir soat — 80 000 so‘m;
  • ikki soat — 150 000 so‘m;
  • uch soat — 200 000 so‘m;
  • yordamchi stendlar (30 daqiqa) — 10 000 so‘m;
  • yordamchi stendlar (bir soat) — 20 000 so‘m;
  • instruktor xizmatlari (30 daqiqa) — 30 000 so‘m;
  • instruktor xizmatlari (bir soat) — 50 000 so‘m;
  • butun konki maydonini ijaraga olish (bir soat) — 1 500 000 so‘m.

Bundan tashqari, “Alpomish” muz saroyida sodiqlik dasturi ham mavjud:

  • seshanba kunlari talabalar uchun (talabalik guvohnomasi taqdim etilganda) — 10% chegirma;
  • yakshanba kunlari “oila kuni” — 20% chegirma;
  • payshanba kunlari “Ayollar kuni” — 30% chegirma.

Telefon: (+998) 95−171−8866.

Manzil.


Frozen Lake

Yopiq muz maydoni yopiq muz saroyi — Ice City ichida joylashgan. Konkida uchadigan maydonning yuzasi haqiqiy muz.

“Muz shahri” bir necha tarixiy davrlarga moslashtirilgan: Viking davri va O‘rta asrlar. Ice City’da nafaqat konkida uchish maydonchasi, balki chang‘i va snoubordda uchish uchun yopiq qor yo‘lakchasi, pastga qarab tez tushish uchun yo‘lakcha va muzli varonka ham mavjud.

Konki maydoniga borish uchun 5000 so‘m turadigan kirish kartasini xarid qilish kerak.

Kattalar va bolalar uchun konkida uchish narxi: 30 daqiqaga 45 000 so‘m.

Boshqa attraksionlar uchun narxlar:

  • havo shari (bir seans) — 30 000 so‘m;
  • bob mountain (bir marta) — 20 000 so‘m;
  • ice vertigo (bir marta) — 15 000 soʻm;
  • kamic ice (bir marta) — 20 000 soʻm;
  • mini cars (bir marta) — 25 000 soʻm;
  • ski slope (30 daqiqa) — 45 000 so‘m;
  • speed skating (30 daqiqa) — 40 000 soʻm;
  • viking river (bir aylana) — 20 000 soʻm.

Muz saroyi ichida jilet va pledlarni bepulga olish mumkin.

Telefon: (+998) 71−209−0077.

Manzil.


Milliy bog‘

Toshkentdagi eng katta ochiq konki maydonchasi Milliy bog‘da joylashgan. Konkida uchish maydoni plastik bilan qoplangan.

Konki maydoni ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi va bir vaqtning oz‘ida 200 dan ortiq odamni sig‘dira oladi. Maydon ko‘lning yonida joylashgan. Konkida bolalar ota-onalari nazorati ostida boshqa kattalardan alohida konkida uchishlari mumkin bo‘lgan maydon ham bor.

Konki maydonchasi atrofida kiosklar, kafe va restoranlar joylashgan bo‘lib, balandligi 15 metr boʻlgan bayram archasi ham o‘rnatilgan.

Konki ijarasi narxi:

  • bolalar uchun 30 daqiqa — 30 000 so‘m;
  • bolalar uchun 1 soat — 50 000 so‘m;
  • kattalar uchun 30 daqiqa — 40 000 so‘m;
  • kattalar uchun 1 soat — 60 000 so‘m.

Endi konkida uchishni oʻrganayotganlar uchun bepul pingvin shaklidagi yordamchi stendlar taqdim etiladi.

Manzil.


Humo Arena

Yopiq konki maydonchasi Humo Arena muz majmuasida joylashgan. Konkida uchadigan maydonning yuzasi haqiqiy muz.

Narxi:

  • 30 daqiqa — 50 000 so‘m;
  • bir soat — 80 000 so‘m.

Telefon: (+998) 55−501−0075.

Manzil.


Ice rink

Yopiq konki maydonchasi Riviera savdo markazining uchinchi qavatida joylashgan. Konkida uchadigan maydonning yuzasi haqiqiy muz.

Konki maydoni oziq-ovqat maydonchasi yonida joylashgan. Dam olish kunlarida konki uchishga tashrif buyuruvchilar uchun muz shousi tashkil etiladi, unda san’atkorlar chiqishlari va boshlovchining ko‘ngilochar dasturi namoyish etiladi.

Narxi:

  • bolalar (9 yoshgacha) — 35 000 so‘m;
  • kattalar uchun — 40 000 so‘m.

Telefonlar: (+998) 99−400−7507, (+998) 95−125−2428.

Manzil.