Yangi yil bayrami kuni metropolitendan foydalanish bepul bo‘ladi
E’lon qilingan sana: · 2 823
“Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmatining xabar berishicha, 31-dekabr kuni Toshkent metrosi barcha yo‘lovchilar uchun bepul bo‘ladi.
“Bayram munosabati bilan metro yo‘lovchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, hukumat tashabbusi bilan 2023-yil 31-dekabr sanasida Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami kuni barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Avvalroq bayram va dam olish kunlari metro va avtobuslar qay tartibda ishlashi haqida xabar bergandik.