Dam olish kuni oqshomi ajoyib oʻtadimi yoki yoʻq, shudir masala: Shake&Pear kafesiga sharh

E’lon qilingan sana· 809
Dam olish kuni oqshomi ajoyib oʻtadimi yoki yoʻq, shudir masala: Shake&Pear kafesiga sharh

Dam olish kunlari: qayerda vaqtni foydali oʻtkazish va undan maksimal darajada foyda olish mumkin? Qayerda butun hafta uchun ijobiy energiyaga toʻlib olish mumkin?

Mazali taom, yaxshi kitob, hayajonli film va ajoyib kompaniya — bu koʻpincha mukammal oqshomning asosini tashkil etadigan ustunlardir… Agar ularni birlashtirsangiz nima boʻladi? Shake&Pear kafesi kelib chiqadi. Biz dam olish kunlarini ajoyib oʻtkazishingiz mumkin boʻlgan qiziqarli joylari haqida sharhlarimizni boshlaymiz.

Vebster universiteti va Trastbank o‘rtasida, Navoiy shoh ko‘chasida joylashgan kafe ikki yil avval ochilgan va o‘shandan beri sekin-asta asosan yaqin atrofdagi universitetlar talabalari orasida mashhur bo‘lib bormoqda. Ammo ikki oy oldin stol oʻyinlari klubi bilan hamkorlik qilishni boshlashdi va buning natijasida ular bu yerni yanada qiziqarliroq qilishdi.

Kiraverishda sizni chinakam ulkan qabulxona (resepshn) kutib oladi, interyer dizayni sokin sargʻish oq, kulrang va koʻk ranglarda. Yumshoq kreslolar va yogʻoch stollar qoʻyilgan. Asosiy zal juda keng va yorugʻ, burchaklarda asosan ikki kishilik oʻrindiqlar, markazga yaqinroq esa katta guruhlar uchun stollar mavjud. Umumiy manzarani tuvaklardagi katta, jozibali baland yashil oʻsimliklar toʻldirib turadi.

Nima bilan shugʻullanishni tanlash juda qiyin masala boʻlib chiqdi: adabiyotlarning katta tanlovi va stol oʻyinlaridan iborat stend mavjud. Variantlar juda koʻp, lekin birinchi qiladigan ish — biron bir joyda qulay joyni egallash. Agar siz bu yerda birinchi marta boʻlsangiz, ular sizga bu borada osongina yordam berishlari mumkin. Biz joylashdik, qoʻllarimizni yuvdik, keyin atrofga nazar tashlash vaqti keldi.

Zalning butun maydoni toʻldirilgan kitob javonlaridan iborat; ular boʻsh joyni ajratib turadi, uni bezatadi va sizni kechqurun kitob bilan uzoq vaqt davomida qiziqtiradi. Adabiyotlar tanlovi juda keng, bu yerda siz detektiv hikoyalar, ilmiy fantastika va psixologiyaga doir asarlarni topishingiz mumkin, jami 1000 tagacha kitoblar mavjud. Ularning barchasi xorijiy adabiyotlardir. Har bir kitobning cheti o‘tmishini eslatuvchi muhr bilan bezatilgan: xayriya tadbirida to‘plangan, keyinchalik davlatimiz tomonidan sotib olingan.

Bu yerda, shuningdek, stol oʻyinlaridan tashkil topgan peshtaxta mavjud. Qirqdan ortiq qutilar sizni sehr, mantiq yoki biznes olamiga olib borishga tayyor boʻlgan ikki yoki undan ortiq kishilik kompaniyalar uchun moʻljallangan.

Hatto mashhur Naruto serialining stol oʻyini ham mavjud. Bunday xilma-xillikka tayyor boʻlmagan holda, siz muammoga duch kelishingiz mumkin — nimani tanlash kerak, ammo bu muammoni tezda hal qilish mumkin. Ular sizga maslahat berishadi va tanlovingizda yordam berishadi, klubning yigitlari oʻyinni iloji boricha qulay qilish uchun barcha qoidalarni batafsil tushuntirib berishadi.

Agar toʻsatdan sizda shoshilinch ishlar boʻlsa, ular bu yerda ham sizga gʻamxoʻrlik qilishadi — muassasa hududida Wi-Fi bepul va bu haqda soʻrashingiz shart emas, sizga darhol parol taklif qilinadi.

Ikki kishilik chek 150 000 ming so‘mdan oshmaydi. Menyuda issiq ovqatlar, pitsa, salatlar va tez tayyorlanadigan taomlar mavjud. Va, albatta, choyga koʻp pul sarflashga tayyor boʻling, chunki faol oʻyin buni talab qiladi va ichimliklarning keng tanlovi hech kimni befarq qoldirmaydi: issiq va sovuq limonadlar, qahva va smuzilar, choylar mavjud. Bir choynak choyning boshlang‘ich narxi 22 000 so‘mdan iborat bo‘lib, uni bufetchi peshtaxtasida tayyorlanayotganini tomosha qilishingiz mumkin — u to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiraverishda joylashgan.

Dam olish kunlarida soat uchdan to yopilgunga qadar oʻyinlardan bahramand boʻlishingiz mumkin va bu faqat shanba kuni, lekin yakshanba kunlari hatto film tomosha qilishingiz ham mumkin. Uni ijtimoiy tarmoqlarda hamma birgalikda tanlaydi va siz shunchaki chiptalarni oldindan bepul band qilishingiz va kerakli vaqtda kelib tomoshadan zavqlanishingiz kerak.

Har dam olish kunlari tadbirlar oʻzgarib turadi, ba’zan muassasada turli ekspertlar uchrashuvlari oʻtkaziladi va hamkorlik maydoni mavjud. Ish kunlarida kafe xuddi shunday ishlaydi, ovqat, ajoyib kitoblar va stol oʻyinlari hali ham hamma uchun muntazir.

Snejana Samoylova
Muallif
Snejana Samoylova