Toshkentdan Qarshi va Samarqandga “Afrosiyob”ning qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 313
Toshkentdan Qarshi va Samarqandga “Afrosiyob”ning qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

25, 26, 27, 28-dekabr kunlari 762/761-sonli Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdi qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 6:59 da — Qarshiga yetib borish soat 10:33 da;
  • Qarshidan jo‘nab ketish soat 16:44 da — Toshkentga yetib borish soat 20:20 da.

Shuningdek, 29, 30, 31-dekabr kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida ham qo‘shimcha qatnovlar (“Afrosiyob” elektropoyezdi orqali) bajariladi:

  • Samarqanddan jo‘nab ketish soat 11:05 da — Toshkentga yetib borish soat 13:20 da;
  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 13:51 da — Samarqandga yetib borish soat 16:05 da.

Chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalari, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.