Silk Avia talabalar uchun 50 foizli chegirma e’lon qildi

E’lon qilingan sana· 1 705
Silk Avia talabalar uchun 50 foizli chegirma e’lon qildi

“Silk Avia” aviakompaniyasi talabalar uchun barcha yo‘nalishlarga chegirma e’lon qilishi haqida xabar berdi. Undan 23-dekabrdan 7-yanvargacha bo‘lgan parvozlar uchun o‘rta maxsus, professional va davlat OTMlari talabalari foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, chegirma Y va B toifali tariflarda mavjud bo‘lib, aviachiptalarni faqat talabalik guvohnomasini taqdim etgan holda xarid qilish mumkin.

Chegirmali aviachiptani O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida, shuningdek, Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan “Uzbekistan Airways Sales” filialida xarid qilish mumkin.