Toshkentda “garmoshkali” elektrobuslar harakatlana boshladi
E’lon qilingan sana: · 239
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati 14-sonli yo‘nalishda King Long markali ikkita “garmoshkali” katta sig‘imli elektrobuslar qatnovini boshlagani haqida xabar berdi. Tashqi tomondan bu ikki avtobus rangi bilan ajralib turadi — ular ko‘k rangda.
Ma’lum qilinishicha, avtobuslar yo‘nalishga chiqishdan oldin bir qator sinovlardan oʻtgan, haydovchilar esa qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tib, maxsus sertifikatlar olgan. Xabarda, shuningdek, ushbu ikkita elektroavtobus “Toshshahartransxizmat” tomonidan 200 ta katta sig‘imli avtobus xarid qilinganidan so‘ng King Long tomonidan sovg‘a qilingani qayd etilgan.