Toshkent hayvonot bog‘ida oq panjali ayiq sakkiz yoshga to‘ldi

E’lon qilingan sana· 745
Toshkent hayvonot bog‘ida oq panjali ayiq sakkiz yoshga to‘ldi

Toshkent hayvonot bog‘i matbuot xizmati 2-dekabr kuni oq panjali ayiq Raul o‘zining sakkiz yilligini nishonlayotganini ma’lum qildi.

“Biz sizga asal baxt, har kuni oʻyin va quvonch tilaymiz. Panjalaringiz sizni faqat sarguzasht va oʻyin-kulgiga olib borsin!”, — deb yozadi hayvonot bog‘i o‘z Instagram sahifasida.