Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali toʻlovni amalga oshirish tizimi ishga tushdi

E’lon qilingan sana· 436
Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali toʻlovni amalga oshirish tizimi ishga tushdi

Toshkent metropolitenining “Xalqlar doʻstligi” bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali toʻlovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Endilikda Toshkent metropolitenidan foydalanganda yoʻl haqqini toʻlash uchun bank kartalari, transport kartalari yoki QR-kodli chek olishning shart emas. Oʻtish joyida UZINFOCOMning — Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.

Kaft skaner ustiga tutilganida, tizim foydalanuvchini identifikatsiya qiladi. Shundan soʻng avtomatik tarzda toʻlov yechib olinadi. Buning uchun yoʻlovchilar bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali oʻz shaxsiy ma’lumotlarini kiritishlari kerak boʻladi, deyiladi xabarda.