Metropolitenning ba’zi bekatlari ish vaqti vaqtinchalik o‘zgaradi

E’lon qilingan sana· 723
Metropolitenning ba’zi bekatlari ish vaqti vaqtinchalik o‘zgaradi

25-noyabrdan Toshkent metropolitenining “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishining Texnopark (Do'stlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari ish rejimi o‘zgaradi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu bekatlar vaqtinchalik soat 6:00 dan 22:00 ga qadar xizmat ko‘rsatadi. Bu ushbu yo‘nalishdagi Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.

Bu ishlar qachongacha davom etishi noma’lum.

“Tuzel bekatidan (3-bekatidan) Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha bo‘lgan bekatlar ish rejimi o‘zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 gacha faoliyat yuritadi. Shuningdek, 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha Tuzel-Quruvchilar bekatlari oralig‘ida bir tomonlama (челнок) poyezdlar harakati tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.