“Garri Potter”ning tayoqchasidan tortib, Napoleon Bonapartning kapalaklar kolleksiyasigacha — Magic Museum haqida
Magic Museum — bu Magic City bog‘ida joylashgan zamonaviy muzey (lokatsiya). Afisha.uz muxbiri ushbu muzeyga tashrif buyurib, maxsus reportaj tayyorladi.
Muzey 6 ta zaldan iborat bo‘lib, ularning har biri alohida tematikada.
Muzeyga kirishingiz bilan sizni shoh taxtini qo‘riqlab turgan “ritsar” kutib oladi. Birinchi zalda qadimiy tangalar ham saqlanadi. Shuningdek, bu yerda turli interaktiv o‘yinlar ham bor, masalan siz o‘zingizni arxeologlardek his qilib ko‘rishingiz mumkin. Aytgancha, u yerga o‘rnatilgan bankda sizni pullar ham kutmoqda.
Muzeyning keyingi xonasi — hayvonot olami. U yerda timsoh bosh suyagi va noyob hayvonlar maketidan tortib, Napoleon Bonapartga tegishli kapalak va hashoratlar kolleksiyasigacha ko‘rishingiz mumkin. Uni Parijdagi Luvr muzeyi Magic Museum uchun maxsus taqdim etgan.
-
2-xonaning umumiy ko‘rinishi. O‘rtada — dinozavr skeleti
-
Dinozavr bosh suyagi skeleti
-
Timsoh boshsuyagi skeleti
-
Napoleon Bonapartning kapalak kolleksiyasi
Uchinchi zalda sizni kosmonavtlar kutadi. Bu yerda siz real skafandlar, oy tuprog‘i va toshi hamda oyda olingan real videoyozuvlarni yoqimli musiqa fonida tomosha qilishingiz mumkin.
-
Xonaning umumiy ko‘rinishi. Orqa fonda yoqimli musiqa
-
Illyustrativ skafandr
-
“Orlan” kosmik kostyumi qo‘lqopi. Ular har bir kosmonavt uchun alohida tayyorlanadi. Magic Museum’ga uchunvchi-kosmonavt — Sovet Ittifoqi qahramoni Yuriy Romanenkoning qo‘lqopi keltirilgan
-
1969-yilda Oyga yuborilgan Apallon 15 missiyasida to‘plangan namunalardan biri — Oydagi tosh
Yo‘lak bo‘ylab keyingi zalga o‘tsangiz, u yerda Ginnes rekordlariga kirgan g‘ayrioddiy insonlarning haykaliga ko‘zingiz tushadi.
-
Xonaning umumiy ko‘rinishi
5-zalning yarmi O‘zbekistonga bag‘ishlangan. U yerda Alisher Navoiyning iplardan yaratilgan, Amir Temurning klaviatura tugmalaridan yaratilgan surati va Oliy Majlis hamda Registon maydonining tanga va tish kovlagichdan yasalgan maketlari bor.
Garri Potter filmining suratga olishda foydalanilgan mo‘jizaviy tayoqcha ham aynan shu xonada. Film muhlislari buni albatta borib ko‘rishlari kerak.
-
“Vaqt mashinasi”
-
Klaviatura tugmalaridan yaratilgan Amir Temur portreti
-
Oliy Majlis Senati binosining tangalardan yasalgan maketi
-
“Garri Potter” filmi suratga olish jarayonlarida ishlatilgan tayoqcha
So‘nggi xonaga ko‘zlaringizni illyuziyalarga tayyorlagan holda o‘tishni tavsiya etamiz, chunki u yerda ko‘zingizni aldaydigan suratlar va instllyatsiyalar juda ko‘p. Shuningdek, muzeyning so‘nggi manzili sifatida Vortex yo‘lagini tanlashingiz mumkin.
Muzey ish vaqti: 10:00 — 22:00. Kirish narxi: 25 000 so‘m (2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul).