Samarqanddan Izmirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
E’lon qilingan sana: · 317
Turkiyaning SunExpress aviakompaniyasi Samarqanddan Izmirga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.
Aviakompaniya mazkur yo‘nalishda muntazam qatnovlarni haftada ikki marotaba — dushanba va payshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiradi:
- Izmirdan uchish soati 22:05 — Samarqandga kelib qo‘nish soati 4:40;
- Samarqanddan uchish soati 5:40 — Izmirga kelib qo‘nish soati 9:05.
Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan. Chiptalarni «Samarqand» xalqaro aeroporti kassalaridan hamda aviakompaniya saytidan xarid qilish mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.