Toshkent—Xojikent—Toshkent yo‘nalishidagi elektropoyezd harakati tiklandi

E’lon qilingan sana· 931
Toshkent—Xojikent—Toshkent yo‘nalishidagi elektropoyezd harakati tiklandi

“Toshtrans” Toshkent—Xojikent—Toshkent yo‘nalishidagi harakatlanuvchi elektropoyezdlarning yangi harakat jadvalini e’lon qildi. Unda Toshkentdan Xojikentga (va aksincha) kuniga 2 ta reys amalga oshiriladi, xolos, yana ikkitasi noma’lum muddatgacha to‘xtatilgan.

Bekor qilingan / to‘xtatilgan reyslar quyidagi rasmda kulrang bilan belgilangan.

Shunday qilib, Toshkent Shimoliy vokzalidan Xojikentga birinchi poyezd 7:10 da emas, 13:44 da harakatlanadi. Keyingi reys esa soat 19:16 da.

Xojikentdan Toshkentga birinchi poyezd soat 5:20 da, oxirgi poyezd esa 16:10 da jo‘naydi. Ertalab soat 6:40 va 10:10 dagi ikkinchi va uchinchi reyslar bekor qilingan.

Toshkentdan Xojikentga (va qarama-qarshi yo‘nalishda) borish chiptalari narxi o‘zgarmagan — kattalarga 6000 so‘m, yosh bolalarga esa 4500 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 8-noyabr kuni Toshkent—Xojikent—Toshkent yo‘nalishidagi barcha elektropoyezdlar qatnovi noma’lum muddatga to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.