Toshkent—Xojikent—Toshkent yo‘nalishidagi barcha elektropoyezdlar qatnovi noma’lum muddatga to‘xtatildi

E’lon qilingan sana· 155
Toshkent—Xojikent—Toshkent yo‘nalishidagi barcha elektropoyezdlar qatnovi noma’lum muddatga to‘xtatildi

8-noyabr soat 13:43 da “Toshtrans” axborot xizmati Toshkent—Xojikent—Toshkent yo‘nalishidagi elektropoyezdlarning oxirgi 2 ta reysi bekor qilinganini e’lon qildi. Shu tariqa ushbu yo‘nalishdagi barcha reyslar noma’lum muddatga to‘xtatildi.

“Xojikentga boruvchi oxirgi reysdan foydalanmoqchi bo‘lganlarga oldindan Chirchiq, G‘azalkent va Xojikent tomon boruvchi boshqa alternativ marshrutdan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi “Toshtrans” xabarida.

Oldinroq, 7-noyabr soat 23:21 da “Toshtrans” Toshkent—Xojikent elektropoyezd qatnovi jadvali yangilangani haqida xabar bergandi.