Toshkent xalqaro aeroportida kutib olish hududi ochildi

E’lon qilingan sana· 324
Toshkent xalqaro aeroportida kutib olish hududi ochildi

Harorat pasayishi arafasida Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish hududida kutib oluvchilar uchun pavilyon qurilishi yakunlandi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati.

2-noyabr kuni ochilgan kutish zalining umumiy maydoni 500 kv.mni tashkil etmoqda. Alohida pavilyon xalqaro aeroportning uchib kelish zali yonidagi P2 avtoturargohida joylashgan. Ushbu pavilyonda kutib oluvchilar uchun o‘rindiqlar mavjud bo‘lib, yaqin kunlarda kafe va gul do‘koni ochiladi hamda savdo avtomatlari, bankomatlar, mobil qurilmalar uchun zaryadlash punktlari o‘rnatilishi kutilmoqda.

Uzbekistan Airports qurilgan pavilyon vaqtinchalik yechim hisoblanishini va ayni paytda mavjud terminalni kengaytirish loyihasini ishlab chiqish yakuniy bosqichda ekanliginini qayd etdi. Ma’lumotga ko’ra, u yerda kutib oluvchi va kuzatuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratiladi.