“Air Samarkand” aviakompaniyasining birinchi Airbus samolyoti kutib olindi

E’lon qilingan sana· 101
“Air Samarkand” aviakompaniyasining birinchi Airbus samolyoti kutib olindi

2-noyabr kuni yangi “Air Samarkand” mahalliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati.

“Air Samarkand"ning kompaniyasi 277 ta ekonom va 36 ta biznes-klass toifasidagi o‘rindiqlarga ega Airbus A330−300 samolyoti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olingan.

Ta’kidlanishicha, “Air Samarkand” o‘z aviaparkini kengaytirishni davom ettiradi, xususan, yaqin kunlarda samolyotlar parki ikkinchi — o‘rta masofali Airbus A321 bilan to‘ldiriladi. 2023-yil oxiriga qadar kompaniya 5 tagacha samolyotni qabul qilib, foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.

Kuz-qish mavsumida aviatashuvchi Samarqanddan qator xorijiy yo‘nalishlarga, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Turkiya va Xitoy shaharlariga muntazam va charter reyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “Air Samarkand” 2022-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston aviakompaniyasi boʻlib, bosh qarorgohi Samarqand shahrida joylashgan.