Toshkentda 6-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

E’lon qilingan sana· 223
Toshkentda 6-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 3-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

6-noyabrdan boshlab ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli turar-joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

Poytaxt hokimligi turar-joy yoki muassasada issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklar aniqlanilsa, issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSh va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlarni to‘laqonli amalga oshirilmayotganligiga guvohi bo‘linsa quyidagi raqamlarga murojaat qilish so’raldi:

  • 1055;
  • (+998) 71−210−0187;
  • (+998) 71−210−0141;
  • (+998() 71 210−0111;
  • (+998) 71−210−0163.