1-noyabrdan mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi oshirildi

E’lon qilingan sana· 493
1-noyabrdan mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi oshirildi

1-noyabrdan yo‘lovchi tashish temir yo‘l chiptalariga yangi narxlar belgilandi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lovchi” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Yangilanishlarga ko‘ra, mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 44 foizga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari esa 60 foizdan ziyodroqqa oshirildi.

“Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalariga belgilangan yangi narxlar quyidagicha:

Toshkent—Buxoro—Toshkent:

  • VIP — 530 ming so‘m;
  • Biznes — 385 ming so‘m;
  • Ekonom — 280 ming so‘m.

Toshkent-Qarshi-Toshkent:

  • VIP — 455 ming so‘m;
  • Biznes — 325 ming so‘m;
  • Ekonom — 235 ming so‘m.

Toshkent-Samarqand-Toshkent:

  • VIP — 330 ming so‘m;
  • Biznes — 230 ming so‘m;
  • Ekonom — 170 ming so‘m.

Ma’lumot uchun, avvalroq 20-oktyabrdan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar chiptalari narxi 50 foizga, “Afrosiyob” esa 100 foizga oshirilishi haqida xabar berilgandi. Ammo bu o‘zgarishlar kechikdi va 1-noyabrdan boshlab yuqorida qayd etilganidek o‘zgardi.