O‘zbekistonda 1 porsiya oshning o‘rtacha narxlari e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 593
Statistika agentligi hududlardagi 1 porsiya palovning oktyabr oyidagi o‘rtacha narxlarini e‘lon qildi.
Unga ko‘ra, eng qimmat osh poytaxtda — 29 000 so‘m, eng arzoni esa Farg‘ona viloyatida — 21 300 so‘m. 2023-yil oktyabr oyida viloyatlarda palovning o‘rtacha narxi quyidagicha shakllangan:
- Qoraqalpog’iston R. — 23 000 so‘m;
- Andijon viloyati — 23 600 so‘m;
- Buxoro viloyati — 28 200 so‘m;
- Jizzax viloyati -24 200 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 25 800 so‘m;
- Navoiy viloyati — 22 400 so‘m;
- Namangan viloyati — 19 800 so‘m;
- Samarqand viloyati — 27 000 so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 25 000 so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 24 200 so‘m;
- Toshkent viloyati — 23 500 so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 21 300 so‘m;
- Xorazm viloyati — 24 800 so‘m;
- Toshkent shahri — 29 000 so‘m.
Avvalroq Qo‘qon shahrida tilla solingan 40 000 000 so‘mlik osh tayyorlanayotgani haqida xabar bergandik.