O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga ko‘payayotgani ma’lum qilindi
E’lon qilingan sana: · 2 056
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda.
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etgan.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2% ga oshgan. Aholi 2023-yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko‘paygan. 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 63,9 ming kishiga oshgan. 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.
Avvalroq Toshkent shahrida yashovchi doimiy aholi soni 3 million kishidan oshgani haqida xabar berilgandi.